Ko‘p so‘raladigan savollar
Ochiq javoblar — nima ishlaydi va nima hali sinov bosqichida. Javob topilmasa, Telegram’da yozing: @offchat_support.
Asosiy
OFFCHAT nima?
Biznes egasi uchun bitta kabinet: Instagram va Telegram’da AI menejer, CRM, avtomatizatsiya, Reels montaj va kontent, target reklama, yozilish, do‘kon, ombor, moliya, HR, analitika va AI Direktor.
Kimlar uchun?
Eng mosi — Instagram do‘kon, ekspert va bloger, onlayn kurs va akademiya. Shuningdek salon, klinika, restoran, ko‘chmas mulk, ulgurji savdo, xizmat va fitnes uchun.
Qanday boshlayman?
Ro‘yxatdan o‘ting, sohangizni tanlang — kerakli bo‘limlar o‘zi yoqiladi. «Ishga tushirish» ustasi 30 daqiqada qadamma-qadam olib boradi: biznes ma’lumoti, kanal, narxlar, AI sinovi.
Sozlashni o‘zim qilishim shartmi?
Yo‘q. Sozlashni biz qilamiz: Instagram, Telegram va to‘lovni ulaymiz, AI’ga narx va savollaringizni o‘rgatamiz, birinchi suhbatlarni birga sinaymiz. Telegram: @offchat_support.
Bepul sinov bormi?
Ha, 14 kun bepul. Natijani ko‘rib, keyin tarifni tanlaysiz.
AI menejer
AI menejer qanday javob beradi?
Siz kiritgan bilim bazasidan (BIO, narxlar, PDF, savol-javoblar). Bilmasa — to‘qib javob bermaydi, menejerga uzatadi. Telefon raqam olinsa — CRM’ga yozadi.
AI noto‘g‘ri gapirsa-chi?
Har suhbat Inbox’da ko‘rinadi. Shikoyat va «operator» so‘rovi darhol odamga o‘tadi; siz yozsangiz AI jim turadi. Noto‘g‘ri javobni bilim bazasida bir marta tuzatasiz — keyingi safar to‘g‘ri aytadi.
Ovozli xabar va rasmni tushunadimi?
Ha. Ovozli xabarni eshitib matnga o‘giradi, rasmni katalogingiz bilan solishtiradi. Kerak bo‘lsa javobni o‘zbekcha ovoz bilan ham yuboradi.
Qaysi kanallarda ishlaydi?
Instagram (Direct, izoh, story javobi), Telegram (bot va Telegram Business) va saytdagi chat. WhatsApp — tez kunda.
Avtomatizatsiya qanday ishlaydi?
ChatPlace va ManyChat’dagidek: kalit so‘z (izoh yoki Direct) → xabar va tugmalar → obunani tekshirish → telefon → teg → CRM. Bloklarni sudrab ulaysiz, har tugma necha foiz bosilgani ko‘rinadi.
Kontent va reklama
Video montaj qanday?
Telefonda olingan videoni yuklaysiz, shablon va rangni tanlaysiz. AI o‘zbekcha transkripsiya qiladi va montaj rejasini tuzadi. Keyin editorda (VN/CapCut kabi) o‘zgartirasiz va MP4 eksport qilasiz.
Kontent zavod nima?
Bir kunda 2 oylik (Business) yoki 6 oylik (Premium) story va karusel: tongi salom, juma va bayram tabriklari, tarixiy kunlar, foydali qo‘llanmalar — brendingiz logosi va nomi bilan. Har story — animatsion, musiqali video.
Target reklamani kim yoqadi?
AI kampaniyani tayyorlaydi: sayt sahifasi, auditoriya, matn va byudjet. Reklama faqat sizning tasdig‘ingizdan keyin yoqiladi, lid narxi oshsa — avto-pauza. Meta ulanishi hozircha sinov bosqichida.
Narx va to‘lov
Qimmat emasmi?
Eng kichik tarif bitta sotuvchi oyligidan arzon. AI kechasi ham, bayramda ham javob beradi, kasal bo‘lmaydi, ishdan ketmaydi. 14 kun bepul sinab, natijaga qarab qaror qiling.
Reklama puli OFFCHAT’ga to‘lanadimi?
Yo‘q. Meta reklama byudjeti sizning Meta reklama hisobingizdan yechiladi. OFFCHAT’ga faqat obuna to‘laysiz.
SMS va qo‘ng‘iroq qancha turadi?
SMS, telefoniya va AI qo‘ng‘iroq hozir sinov bosqichida. Ishga tushganda OFF Balance orqali ishlatganingizcha to‘laysiz; SMS matni avval moderatsiyadan o‘tadi.
Mijozlarim qanday to‘laydi?
Hozir — kartaga o‘tkazma: mijoz chek yuboradi, AI summani o‘qiydi, siz bir tugma bilan tasdiqlaysiz. Click va Payme — sinov bosqichida.
Ishonch va ko‘chish
Eski CRM’dagi mijozlarimni ko‘chirsa bo‘ladimi?
Ha. Mijozlar bazasini Excel yoki CSV bilan import qilasiz, mahsulotlarni Excel’dan yuklaysiz. Bitrix24 va amoCRM bilan sinxronizatsiya sinov bosqichida.
Ma’lumotlarim xavfsizmi?
Har bir biznesning ma’lumoti boshqasidan ajratilgan; API kalitlar shifrlab saqlanadi va brauzerga chiqmaydi. Batafsil: Maxfiylik siyosati.
Bir nechta biznesim bor — bo‘ladimi?
Ha. Har biznes alohida kabinet va alohida hisob bilan yuritiladi.
Claude yoki ChatGPT’dan boshqarsa bo‘ladimi?
Ha, MCP ulagich orqali: «hisobot ber», «ertangi postlarni ko‘rsat». Pul sarflash va mijozga yuborish faqat sizning ruxsatingiz bilan.
Nimalar hali sinov bosqichida?
SMS, telefoniya va AI qo‘ng‘iroq, Click va Payme, Meta reklama ulanishi, Billz, Uzum Market, Yandex va BTS yetkazish, Bitrix24/amoCRM sinxroni — sinov bosqichida. WhatsApp, Didox va E-IMZO — tez kunda. Qolganlari ishlaydi.
Hamkorlik dasturi qanday?
Havolangiz yoki promo kodingiz bilan kelgan biznes to‘lagan har oylik obunadan 10–20% sizga.
Biznes ON. Siz esa OFF.
14 kun bepul sinang — sohangizni tanlang, sozlashni biz qilamiz.