Direct’ga 10 soniyada o‘zbekcha javob beradi — kerak bo‘lsa ovoz bilan. Raqamni oladi, CRM’ga yozadi, Reels montaj qiladi. Hammasi bitta kabinetda.
Direct avtomatizatsiyasi, CRM va kontent uchun odatda 3 ta servis kerak. Bu yerda — bitta kabinet, o‘zbek tilida.
| OFFCHAT | ManyChat | ChatPlace | amoCRM (Kommo) | |
|---|---|---|---|---|
| AI bilim bazangizdan Direct’ga javob beradi | ✓ | ✓ | ✓ | ✓ |
| Mijozning ovozli xabari va rasmini tushunadi | ✓ | — | ✓ | ovozni |
| Javobni o‘zbekcha ovoz bilan aytadi | ✓ | — | — | — |
| To‘liq CRM: voronka, bitim, vazifa, qo‘ng‘iroq | ✓ | tashqi CRM | tashqi CRM | ✓ |
| Reels montaj, kontent reja va avtopost | ✓ | — | — | — |
| Yozilish, do‘kon, ombor, moliya va HR | ✓ | — | — | alohida dastur |
Boshqa servislar haqidagi ma’lumot ularning ochiq sahifalari bo‘yicha (2026-yil noyabr). Ular o‘zgargan bo‘lishi mumkin — xato ko‘rsangiz, bizga yozing.
Texnik ishga vaqt sarflamang. Instagram, Telegram va to‘lovni ulaymiz, AI’ga narx va savollaringizni o‘rgatamiz, birinchi suhbatlarni birga sinaymiz.
O‘zingiz qilmoqchimisiz? Kabinetdagi «Ishga tushirish» ustasi 30 daqiqada qadamma-qadam olib boradi.
Ro‘yxatdan o‘tasiz — sohangizga kerakli bo‘limlar o‘zi yoqiladi, ortiqchasi chalg‘itmaydi.
Instagram va Telegram’ni ulaysiz, narx, PDF va savol-javoblarni kiritasiz (yoki biz qilamiz).
AI javob beradi va lid yig‘adi. Siz CRM, to‘lov va hisobotni bitta ekranda ko‘rasiz.
Sohangizga keraklisi yoqiladi. Bo‘limni bosing — nima qilishi va qanday ishlashi batafsil yozilgan.
sinov — sinov bosqichida, tez kunda — hali ulanmagan. Hamma integratsiyalar va holati →
Eng kichik tarif bitta sotuvchi oyligidan arzon. AI kechasi ham, bayramda ham javob beradi, kasal bo‘lmaydi, ishdan ketmaydi. 14 kun bepul sinab, natijaga qarab qaror qiling.
AI faqat siz bergan bilimdan javob beradi. Bilmasa — to‘qimaydi, menejerga o‘tkazadi. Shikoyat va «operator» so‘rovi darhol odamga o‘tadi. Har suhbat Inbox’da ko‘rinadi — siz yozsangiz, AI jim turadi.
Mijozlar bazasini Excel yoki CSV bilan import qilasiz, mahsulotlarni ham Excel’dan bir yo‘la yuklaysiz. Bitrix24 va amoCRM bilan sinxronizatsiya — sinov bosqichida.
Faqat sohangizga kerakli bo‘limlar ko‘rinadi. «Ishga tushirish» ustasi 30 daqiqada olib boradi — yoki sozlashni biz qilamiz.
«Bu yerda nazariya yo‘q. OFFCHAT ichida o‘zim ishlatgan tizim va ketma-ketliklar turibdi.»
Begzod Sharipov · asoschi, Emirates Academy
14 kun bepul sinov. Yillik to‘lovda 2 oy bepul. Meta reklama byudjeti alohida.
Agentlik va katta jamoa — qo‘shimcha biznes $19/oy, qo‘shimcha xodim $9/oy (limitlar umumiy). «Biz ulab beramiz» — sozlash $99, bir marta.
Savollar